Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qayta tiklanuvchi energetika sohasi uchun qancha metall kerakligini ma’lum qildi

Prezident qayta tiklanuvchi energetika sohasi uchun qancha metall kerakligini ma’lum qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahrida o‘tkazilgan videoselektor davomida metallurgiya sohasi rivoji mamlakat iqtisodiyoti uchun juda zarur ekanini aytib o‘tdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, birgina qayta tiklanuvchi energetika sohasi uchun kamida 800 ming tonna metall zarur bo‘ladi.

«Kelgusi yillarda qayta tiklanuvchi energetika sohasida 10 ming Mega-vatt quvvatlarni barpo etishni reja qilganmiz.

1 Megavatt quyosh stansiyasi uchun, 45 tonna metall konstruksiya, shamol stansiyasiga esa, 120 tonna metall kerak.

Demak, birgina shu sohaning o‘ziga kamida 800 ming tonna metall lozim bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring