Prezidentlar «Artel» zavodiga borishdi
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi «Artel» zavodiga tashrif buyurdi. Konditsioner, televizor detallarini ishlab chiqarish hamda yig‘ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon O‘zbekiston mahsulotlari sifati va narxi bilan raqobatbardoshligi, xususan, «Artel» texnikalari Tojikistonda ham xaridorgirligini ta’kidladi.
Zavod mahsulotlarini Tojikistonga yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter