Prezident yo‘l sohasidagi asosiy muammolarni sanadi
Prezident huzurida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
So‘nggi olti yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshdi. O‘tgan davrda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod yangi maxsus texnikalar xarid qilindi.
Davlatimiz rahbari yo‘l sohasidagi tizimli muammolarni sanab o‘tdi.
Hududlarda o‘tkazilgan so‘rovlarda aholi ichki yo‘llarning holati va sifatini dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘rsatgan.
Ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish orqali loyihalar qiymatini kamida 20-30 foizga qisqartirish mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilishda yo‘llarni loyihalash me’yorlarini takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Kichik, o‘rta va katta yo‘llar uchun ham, shuningdek, vohadagi yo‘llar bilan vodiydagi yo‘llar uchun ham bir xil «shablon» loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Loyihalarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini nazarda tutilgan holda xalqaro yo‘llarda savdo va servis ob’yektlarini tartibli joylashtirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter