Prezident tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi
So‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda, dedi davlat rahbari.
«Xalqimizda «qars ikki qo‘ldan chiqadi», degan gap bor.
Hozirgi kunda mamlakatimizda «xufiyona iqtisodiyot»ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz.
Lekin soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo‘lamiz.
Shu bois tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday «nopok» ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, «xufiyona iqtisodiyot» ulushini karra-karra qisqartiramiz», — dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tingladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter