Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «rastamojka»ga oid qarorga imzo chekdi

Prezident «rastamojka»ga oid qarorga imzo chekdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan yangi yengil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

1 000 sm kubgacha — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSh doll/kub sm);

1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSh doll/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring