Prezident oziq-ovqat narxi oshib ketayotganini tanqid qildi
Ayrim hududlarda ba’zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari kamayishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu haqda makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat narxlari oshib ketayotganiga quyidagicha munosabat bildirdi.
— Misol uchun, tuxum ishlab chiqarish hajmi Toshkent viloyatida – 5 foizga, Sirdaryoda – 4 foizga kamayishi hisobiga, ushbu viloyatlarda tuxumning narxi 7 foizga, respublika bo‘yicha esa 3,6 foizga oshgan.
Go‘sht va o‘simlik yog‘ining jahon bozoridagi narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerak.
G‘aniyev, Norqobilov, viloyat hokimlari bilan birga, joriy yilda chorvachilik yo‘nalishida 1 mingta, parrandachilikdagi 277 ta loyihani ishga tushirish hisobiga, 13 ming tonna go‘sht, 608 ming tonna sut, 3 milliard dona tuxum va 14 ming tonna parranda go‘shti yetishtirilishini ta’minlashi lozim.
G‘aniyev, J.Xodjayev, Xaitov viloyat hokimlari bilan birga, 1,1 million gektar asosiy maydonlarda 224 ming gektar bog‘-tok oralariga hamda g‘alla va ertangi ekinlardan bo‘shaydigan 873 ming gektarga sabzavot, kartoshka, poliz, sholi, moyli va ozuqa ekinlarini yetishtirishni tashkil etishlari zarur, — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilish davomida yog‘-moy mahsulotlariga ichki bozorda aholi talabini qondirish maqsadida, joriy yilda 246 ming tonna moyli ekinlarni yetishtirish va buning hisobiga 86 ming tonna moy ishlab chiqarilishi lozimligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter