Prezident O‘zbekiston tarixida hali bo‘lmagan investitsiya haqida gapirdi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.
Xabar.uz muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari nutqi davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
«Hozir aytmoqchi bo‘layotgan gaplarimga alohida e’tibor berishingizni so‘rayman. Biz O‘zbekiston tarixida ilk marta energetika sohasiga xususiy sektorni jalb etdik. Bunaqasi avval bo‘lmagan, ilgari faqat davlat puli sarflanar edi.
Energetika sohasida tariximizda birinchi marta xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlandi.
Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar bo‘lib, 2700 Megavatt quvvatga ega», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter