Prezident narx-navo oshishining sabablarini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bozorlarda oziq-ovqat narxlari oshib borayotgani haqida gapirib, buning sabablarini sanab o‘tgan.
«Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kuchaymoqda. Albatta, bu bizga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda bo‘layotgan vaziyatni baholab, ishini to‘g‘ri tashkil qilayotgani yo‘q. Buni bozorlarimizdagi narx-navo ko‘rsatib turibdi», degan davlat rahbari.
Uning aytishicha, may oyida inflyasiya darajasi 1 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lgan.
«Albatta, narx-navoning o‘sishiga jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i – 33 foizga, shakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oshgani bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda hokimlar barcha ichki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi — oziq-ovqat bilan to‘ldirish uchun ikki karra ko‘proq ishlashlari shart. Lekin ko‘p hokimlar narx-navoga e’tibor qilmasdan, jilovni qo‘lidan chiqarib yuborgan», degan prezident yig‘ilishda.
Uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan ta’minlash darajasini o‘rganib, kerak bo‘lsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan yetkazib berish vazifasi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter