Prezident muammolar yechimini belgilab berdi
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda davlat rahbari yig‘ilishda sanalgan muammolarga yechim aytdi.
Sayxunobodda 17 mingta xonadonda tomorqani ishga solish, kichik sanoat va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali, aholini daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.
Mas’ullar 19 ta mahalla va 794 ta ko‘chani nomma-nom bo‘lib olib, bu yil tadbirkorlik uchun beriladigan 200 milliard so‘m hisobidan ularni har biriga texnik iqtisodiy asos ishlab chiqadi.
Bunda, mahallani «drayver» yo‘nalishidan kelib chiqib, tumandagi 17 mingta xonadon kesimida tomorqada qancha, sanoatda qancha, savdo va xizmatlarda qancha aholi band bo‘lishi aniq ko‘rsatiladi.
Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallani har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan moto-kultivator olib berildi.
Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi «1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad» degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalashtiradi.
Sotib olish tizimini yo‘lga qo‘yish Sayxunobodda ham, boshqa tumanlarda ham eng asosiy masala.
Shu maqsadda tumanda eksportga ko‘maklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 milliard so‘m kiritiladi.
Bu korxona 4 ming xonadonga serhosil qovoq, mosh, loviya, rozmarin, brokkoli, timyan urug‘ini yetkazadi, yetishtirilgan mahsulotni sotib olib, eksport qiladi.
Bundan tashqari, mahallada sotib olishni yo‘lga qo‘ygan eksportchi, ilg‘or tadbirkorlarga 300 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha grant beriladi.
Tumandagi 19 ta mahallaning har birida istagi bor aholiga namunaviy intensiv bog‘ qilib beriladi.
Shuningdek, xonadonlar kooperatsiya asosida eskportchi bilan bog‘lab beriladi, 2 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash kompleksi tashkil etiladi.
Tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar bo‘sh yerlar kooperatsiya asosida 500 ta xonadonga terak ekish uchun bo‘lib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter