Prezident Farmoni qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
❖ 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishni 1-noyabridan boshlash.
❖ Paxta yig‘im-terimi uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lash Jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
❖ 2021-yil hosilidan boshlab asosiy maydonlarda ekiladigan sabzavotni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma resurslaridan 14 foiz stavkada kredit ajratiladi.
❖ Kredit yetishtirilayotgan mahsulot qiymatining 40 foizi miqdorida 9 oy muddatga ajratilishi belgilandi.
Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
❖ Paxta xom ashyosi va bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
❖ Asosiy maydonlarda ekiladigan sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
❖ Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun zarur bug‘doyni bozor narxlarida xarid qilish va birja savdolariga qo‘yish;
❖ Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
❖ Farmon ijrosini tashkil etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi va moliya vazirligi tomonidan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida» gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Bunga ko‘ra:
❖ 2022-yil hosilidan paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (sho‘r yuvish, qishki sug‘orish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishini inobatga olagan holda, moliyalashtirishni 1-noyabrdan boshlash.
❖ Shu sababli, kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xo‘jaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytirish.
Jamg‘arma tomonidan 2021-yilda paxta terish mashinasi va g‘alla o‘rish kombaynini lizing asosida sotib olishni moliyalashtirish uchun kerakli bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun subsidiya (texnika narxining 15 foizi) va kombaynlarning xorijda xizmat ko‘rsatish uchun tashish xarajatlariga kompensatsiya (xarajatning 80 foizi) mablag‘lari ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter