Prezident farmoni bilan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tayinlandi

Jamshid Xodjayev Prezidentning tegishli farmoni bilan Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovdan oldin Jamshid Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Xodjayev nomzodi 16-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter