Prezident «yevrobond»lar bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Prezident yig‘ilishida kelgusi yilda xalqaro kapital bozorlarida 500 million dollarlik «yevrobond» joylashtirishga ko‘rsatma berildi.
Joriy yilda moliyaviy xizmatlar hajmi 20 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Yaqinda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Biznesni rivojlantirish banki hamda o‘rta biznes uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil qilindi.
Shuningdek, ilk bor bazaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi mikromoliya banklari ishga tushadi. Ularga aholidan depozit qabul qilish, to‘lovlar o‘tkazish, xorijiy valyutada qarz mablag‘lari jalb qilishga ruxsat berilmoqda.
Shularni hisobga olib, kelgusi yilda moliyaviy xizmatlarda 30 foiz o‘sish qilib, uning hajmini 140 trillion so‘mga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter