Prezident bu yil eksport qilinadigan bug‘doy miqdorini aytdi
Prezident raisligida boshlangan yig‘ilishda mavjud yer resurslaridan samarali foydalanib, 2022 yilda 7,7 mln. tonna bug‘doy hamda 23 mln. tonna meva-sabzavot yetishtirib, 1,5 mlrd dollar eksportni ta’minlash zarurligi aytilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish uchun yangi qo‘shilayotgan 300 ming gektardan ziyod yer maydonlaridan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
«Hozirgi kunda 80 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, 254 ming nafar aholiga ochiq tanlov asosida berildi. Bu – oziq ovqat yetishtirish uchun har bir tumanda qo‘shimcha 500 gektar ekin maydoni, degani. Bu islohotni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshlaganimizni hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bu yerlar faqat va faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun baza bo‘lishi shart», degan prezident.
Mutasaddilarga ikki hafta muddatda:
- hosildor urug‘ navlarini joylarga yetkazib, dala yarmarkalarini o‘tkazish;
- yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar ekishni tashkil qilish;
- mahsulotni kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish ishlarini jadal tashkil qilish topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter