Prezident 600 dollarlik metallni qayta ishlab, 10 ming dollarga yetkazish lozimligini ta’kidladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahrida metallurgiya sohasida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida bir qator raqamlarni keltirib o‘tdi va soha rivoji uchun bajarilishi shart bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
«Soha raqobatbardosh bo‘lishi uchun, malakali kadrlar, ilm-fan va innovatsiyalar zarur.
Misol uchun, 1 tonna qora metall qiymati jahon bozorida 600 dollar bo‘lsa, murakkab po‘lat qotishmalarining narxi tonnasiga 10 ming dollardan oshadi.
Bunday innovatsiyaga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, avvalambor, chuqur bilimga ega geologlar, tog‘-kon va metall quyish muhandislari, kimyogar va texnologlar, materialshunoslar, Ay-Ti va logistika kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar kerak bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari ushbu yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotida metallga bo‘lgan talab oshib borishi va 2026 yilga borib 6 million tonnaga yetishini ta’kidlab o‘tgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter