Pillachilik va qorako‘lchilik qo‘mitasi xodimlariga 60 foizgacha ustama to‘lanadi
«O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘mita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga uzoq yillik xizmati uchun tegishlicha 60 foizgacha miqdorda har oyda ustama to‘lanadi.
Shuningdek, qaror bilan bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan 2 ish kunida Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi bo‘yicha monitoringdan o‘tkaziladi.
Mazkur tartib 2021-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter