Pensiya hisoblashning maksimal miqdori oshiriladi
Joriy yil oxiriga qadar pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda 2022 yilgi davlat dasturida so‘z boradi. Moliya vazirligi 2022 yil sentyabrgacha ushbu qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.
Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini 12 barobaridan kelib chiqqan holda «Pensiya» dasturiga tegishli o‘zgartirishlar ham kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasidagi majlisda pensiya ta’minoti haqidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter