Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zMilliybankka xush kelibsiz» loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi (video)

«O‘zMilliybankka xush kelibsiz» loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi (video)

«O‘zMilliybank» AJ tomonidan bankning Toshkent shahri Uchtepa filiali huzuridagi o‘quv markazida «O‘zMilliybankka xush kelibsiz» loyihasi doirasida bankka endi ishga kirgan yosh xodimlar uchun bank faoliyati, tarixi, xizmatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda poytaxtimizdagi va viloyatlardagi yosh xodimlar qatnashdi. Viloyat filiali xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdi.

2021-yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra, «O‘zMilliybank» tizimida 5 ming 818 nafar xodim ishlaydi.

  

Seminarda «Xizmat ko‘rsatish sifati va xizmat standartlari», «Xulq-atvor qoidalari», 2020-2023 yillarda Bankni rivojlantirish strategiyasi, Korporativ axloq kodeksi, «Chakana savdo mahsulotlari va xizmatlari», «Xodimlarning vakolati va o‘zini rivojlantirish» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

— «O‘zMilliybank» bank bozorida lider hisoblanadi, — deydi «O‘zMilliybank» departamenti bo‘lim boshlig‘i Bahodir Qutlug‘murodov. — O‘zining aktivlari, kapitali, depozitlarni jalb qilgan ulushlari, daromadlar topishi bo‘yicha O‘zbekiston bank bozorida birinchi o‘rinda turadi. Kelgusi uch yil ichida nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bozoridagi 100 ta eng lider banklar qatoridan joy olishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.  

Bu kabi o‘quv-seminarlar yosh xodimlarning yashirin kasbiy imkoniyatlarini ochib berishi, yangi biznes sharoitlariga, zamonaviy texnologiyalarga tezda moslashishiga zamin yaratadi.

— Bankimizda doim yosh kadrlarga bo‘lgan talab juda yuqori, — deydi «O‘zMilliybank» xodimlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Umid Valiyev. — Mazkur o‘quv-seminarda bankimizga ishga qabul qilingan yosh xodimlarning eng iqtidorli, qobiliyatlilarini aniqlab, ular bilan muntazam ravishda ishlaymiz. Bankda malakali kadrlarning to‘g‘ri joylashtirilishi muhim. Chunki, malakali mutaxassis bankning ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga olib chiqishga harakat qiladi.  

Tahlillar seminardan so‘ng yosh xodimlarning ish samaradorligi oshishini ko‘rsatadi. Ular shu bank bilan hayotini bog‘lagani to‘g‘ri tanlov ekanligini tushunib yetadi. Bugungi kunda bankimizda bitta ish joyiga ikkita mutaxassisni 3 oy muddatga sinov tariqasida ishga qabul qilamiz. Ularda o‘zaro raqobat muhiti shakllanadi. Uch oylik sinov muddatidan so‘ng munosibi shu joyga o‘tiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring