«O‘zmilliybank» va Buyuk Britaniyadagi «Standard Chartered Bank» o‘rtasida 100 million dollarlik shartnoma imzolandi
Joriy yilning 6 iyul kuni «Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat» xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda «O‘zmilliybank» deb yuritiladi) tomonidan «Investor Day» – «Yangi O‘zbekistonning investitsiya salohiyati» xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida «O‘zmilliybank» Buyuk Britaniyaning yetakchi «Standard Chartered Bank» banki bilan «Multilateral Investment Guarantee Agency» (MIGA) jahon eksport-kredit agentligi qamroviga kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida bitim tuzdi.
Ma’lumot uchun: MIGA eksport – kredit agentligi va Jahon banki guruhining a’zosi. Institut rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jalb qilingan kredit liniyalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha turli mamlakatlarning moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi.
MIGA eksport-kredit agentligining asosiy afzalligi – ma’lum bir mamlakat tarkibiga talabning yo‘qligi, bu esa istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini moslashuvchan tarzda tuzishga imkon beradi.
Ikkala tomon o‘rtasida erishilgan kelishuv o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eksklyuziv bo‘lib, investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish, shuningdek, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.
«Standard Chartered Bank» kredit liniyasi kichik va o‘rta biznesning muqobil energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va import o‘rnini bosish ta’minlanadi.
«Standard Chartered Bank» Buyuk Britaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lib, 1969 yilda tashkil etilgan. Bank aktivlari 820 milliard dollardan oshadi, kapital 50 milliard dollar va foyda – 2,9 milliard dollardan iborat. Bank xalqaro bozorda mahsulotlar va xizmatlarning barcha asosiy turlarini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter