«O‘zmilliybank» mijozlarga standartlar asosida xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 3620-sonli Qarori ijrosi hamda O‘zmilliybank Boshqaruvi tomonidan 2018 yil 15 fevralda tasdiqlangan «O‘zmilliybank standart qoidalari» asosida xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni Bank-moliya akademiyasi binosida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar «Xizmat ko‘rsatish sifati va mijozga yo‘naltirilganlik» mavzusida bo‘lib, seminarda O‘zmilliybank tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, joylarda xizmat ko‘rsatish sifati uchun mas’ul bo‘lgan bankning barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar filiallarining 28 nafar korporativ boshqaruvchilari ishtirok etishdi.
Mazkur seminar-trening o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bank filiallarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va mijozlarga standartlar asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda bank biznesining markazida mijoz turishi haqida interaktiv usulda trening o‘tkazildi.
Seminar–trening ikki qismda bo‘lib, birinchi qismda ma’ruzachilar «Mijozlarga yo‘naltirilganlik» mavzusidagi seminarni ochiq muloqot va o‘quv videoroliklari asosida olib borishdi.
Seminar-treningning ikkinchi qismi mahorat darsi va tajriba almashuv shaklida Bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot bo‘limida o‘tkazildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, yangi taklif-mulohazalar va qizg‘in bahs munozalar bilan olib borildi. Korporativ boshqaruvchilar o‘zaro tajriba va fikr almashibgina qolmay, bilim ko‘nikmalar va rejalashtirilgan g‘oyalar ro‘yobi uchun yangi motivatsiyaga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga joylarda shunday shakldagi o‘quv seminarlarini o‘tkazish maqsadida zarur ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter