«O‘zmilliybank» kredit shartlariga yengillik kiritdi
![«O‘zmilliybank» kredit shartlariga yengillik kiritdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1881696910.jpg)
O‘zbekiston hududida karantin e’lon qilinganligi sababli Milliy bank o‘z mijozlari uchun eng yaxshi shartlarni joriy etdi:
⠀
— Jismoniy shaxslarning barcha kredit turlari bo‘yicha aprel-may-iyun oylarining asosiy qarz miqdori (hamda, mart oyining to‘lanmagan qismi ham) qolgan to‘lov muddatiga teng taqsimlanadi;
⠀
— Foizlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun jarima (penya) hisoblanmaydi;
⠀
— Kreditni muddatidan avval qo‘shimcha to‘lovlarsiz so‘ndirish imkoni mavjud.
⠀
Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolada ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter