Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha Buxoro NQIZda bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha Buxoro NQIZda bo‘ldi

Respublikamizda kuzatilayotgan anomal sovuq kunlarda aholi va iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlash barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi bugungi kundagi havo harorati o‘zgarishlarini inobatga olgan holda korxonaning asosiy tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.

Turli xil texnologik va iqtisodiy jihatlarga aniqlik kiritildi, texnologik qurilmalar, kompressor va nasos stansiyalari ishlashini hamda anomal sovuq kunlari ishlayotgan ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoit joyida nazorat qilindi.

Bugun -25 gradus sovuq havoda sexlarning ishchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqildi, suhbat davomida ularga mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi muammoli masalalar muhokama qilindi.

Zavoddagi texnologik jarayonlarning uzluksiz ishlashi va mamlakatimiz iste’molchilarini AI-80 rusumli avtomobil benzini va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida Buxoro NQIZ rahbarmyatiga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda mas’ul shaxslarning navbatchiligi bo‘yicha choralar kuchaytirilishi bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Zavod faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarning taqdimot planshetlari ham namoyish etildi.

Buxoro NQIZning 2021-2022 yillardagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va mahsulotlari qiyosiy tahlili o‘tkazilgani, zavodning istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirilgani ma’lum qilindi.

Shu kunning o‘zida, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda zavodning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda 2023 yilga mo‘ljallangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish, innovatsion rivojlanish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va kooperatsiyani kengaytirish, yangi mahsulotlarni chiqarish, iqtisodiy samaradorlikka erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, korxonaning kapital qurilish dasturlari va joriy yildagi rejalari muhokama qilindi.

Respublikamiz aholisini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Buxoro NQIZ rahbariyatiga sanoat xavfsizligini mustahkamlash, energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslaridan foydalanishni optimallashtirish, xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarishni optimallashtirish bo‘yicha kompleks yondashuvni shakllantirish va korxonaning asosiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xususan, tovar benzinining kunlik ishlab chiqarish hajmini 3 100 tonnaga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, ob-havo sharoitining yomonlashuvi bilan bog‘liq dunyoda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda korxona xodimlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, bepul issiq ovqat bilan ta’minlash zarurligini ta’kidlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring