Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga tijorat uchun eng ko‘p turkmanistonliklar kelmoqda

O‘zbekistonga tijorat uchun eng ko‘p turkmanistonliklar kelmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 165,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

 Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Turkmaniston — 89 218 nafar; 

Tojikiston — 36 038 nafar; 

Afg‘oniston — 32 232 nafar;

Turkiya — 1 166 nafar;

Xitoy — 1 132 nafar;

Hindiston — 857 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 799 nafar;

Koreya Respublikasi — 608 nafar;

Rossiya — 479 nafar;

AQSh — 383 nafar;

Boshqa davlatlar — 2 169 nafar

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring