O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aloqasi 11 mlrd dollardan oshgan
2023-yilning 9 oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII davlatlarining ulushi 25,7 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,6 foizga o‘sgan va 11,5 mlrd dollarga yetgan.
Bunda:
- eksport – 4,1 mlrd dollar;
- import – 7,4 mlrd dollar.
O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII davlatlarining ulushi jami eksportda 22,9 foizni, jami importda esa 27,5 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning 2022-yil yanvar-dekabr oylaridagi umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII davlatlarining ulushi 31,4 foiz (15,7 mlrd dollar)ni tashkil etgan (jami eksport – 28,9 foiz, jami import – 33,1 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter