O‘zbekistonning eng yirik uchta tashqi hamkori ma’lum qilindi
Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi hamkori bo‘lib qolmoqda. Umumiy tashqi savdoning 21,5 foizi ushbu mamlakatga to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Rossiya va Qozog‘iston egalladi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSh dollarida):
— Xitoy – 2,1 mlrd
— Rossiya – 1,7 mlrd
— Qozog‘iston – 581,8 mln
— Turkiya – 435,5 mln
— Koreya – 368,8 mln
— Fransiya – 191 mln
— Turkmaniston – 184,6 mln
— Germaniya – 174,3 mln
— Hindiston – 136,4 mln
— Afg‘oniston – 131,8 mln
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSh dollariga yoki 10,5 foizga oshgan.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 151 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter