O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. O‘tgan chorakdagi reyting yetakchilari o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi va «Kapital bank», «Hamkor bank» va «Trast bank» eng faol banklar uchligini boshqarishda davom etmoqda. «Agrobank» va «Turon bank» tez o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi, «Xalq banki» va «Asaka bank» kabi ayrim banklarning reytingdagi pozitsiyalari biroz yomonlashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan O‘zbekistondagi 31 tijorat banklari uchun «Banklar faollik indeksi» ishlab chiqilgan. Markaz mazkur indeksga asosan har chorakda banklar reytingini yangilab bormoqda.
Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushining o‘zgarishini monitoring qilib borish, shuningdek mamlakatimiz bank tizimida islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
Yirik banklar faollik reytingi
Kichik banklar faollik reytingi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter