Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi O‘zbekistonning qarzi qanchaga yetganini ochiqladi

Moliya vazirligi O‘zbekistonning qarzi qanchaga yetganini ochiqladi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etishi ma’lum qilindi. 

Bu haqda Moliya vazirligi ma’lumot berdi. 

Shundan 23,36 mlrd dollar mamlakatning tashqi qarzi, 2,77 mlrd dollar ichki qarzi hisoblanadi.

2022-yilda O‘zbekiston davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 35,1 foiz bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yil yakunida 38 foizni tashkil etgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotida bugungi kunda O‘zbekistonning davlat qarzi «mo‘’tadil» darajada deb baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring