Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning chetga limon eksporti tushib ketdi

O‘zbekistonning chetga limon eksporti tushib ketdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 tonnaga kamaygan.

2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

- Rossiya – 2,2 ming tonna
- Qozog‘iston – 759 tonna
- Qirg‘iz R. – 392 tonna

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

-Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna

-Xorazm viloyati – 528 tonna

-Toshkent viloyati – 464 tonna

-Namangan viloyati – 258 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring