O‘zbekistonning chetga konditsioner eksporti keskin oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 3,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan konditsioner eksport qilgan.
Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon – 2,4 mln.
- Rossiya – 315,9 ming
- Turkmaniston – 304,4 ming
- Tojikiston – 223,8 ming
- Qozog‘iston – 159,9 ming
- Qirg‘iz R. – 59,6 ming
- Moldova – 38,8 ming
- Yaman – 18,3 ming AQSh dollari
2021-yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 2,7 mln.
- Toshkent viloyati – 796,4 ming
- Andijon viloyati – 0,9 ming AQSh dollari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter