O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlat nomi aytildi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 270 trln. so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi 41,6 foizni tashkil etgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
— Rossiya – 20 ,3 foiz;
— Xitoy – 16,4 foiz;
— Turkiya – 10,1 foiz;
— Germaniya – 6 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 6 foiz;
— AQSh – 3,8 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter