O‘zbekistonga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi
25-iyun kuni Osiyo taraqqiyot bankining direktorlar kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag‘lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.
Jalb qilinayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va davlat budjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan respublika davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter