O‘zbekistondagi oziq-ovqat mahsulotlarining 98 foizi mahalliylashtirilgan. Taqchillik bo‘lmaydi

Oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o‘z rejimida ishlamoqda. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo‘shimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud.
Mamlakatimizda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xom ashyo yurtimizda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter