O‘zbekistonda «yashil» kreditlar joriy etiladi
2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga «yashil» uy-joy standartlari talablari asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
2024-yil 1-oktyabrgacha «yashil» uy-joy standartlari tasdiqlanadi.
2025-yil 1-aprelgacha «yashil» uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga «yashil» ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
- birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi;
- ko‘p qavatli uy-joylarni qurish huquqi «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi «S» va «SS» bo‘lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter