Prezident qarori: O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Mazkur qarorda bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 29 birlikdan iborat Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter