O‘zbekistonda uch oyda sement ishlab chiqarish 14,1 foizga oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14,1 foizga oshgan.
Bu ko‘rsatkich:
- 2021-yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (o‘sish sur’ati 107,3 foiz)
- 2021-yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln. tonna (o‘sish sur’ati 118,4 foiz)
Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyatida 41 foiz, Toshkent viloyati 40,5 foiz hamda Farg‘ona viloyati 9,6 foiz hissasiga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq, O‘zbekistonda ikki oyda 528,5 ming tonna sement import qilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter