O‘zbekistonda qancha baliq yetishtirilmoqda?
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda 198,9 ming tonna baliq ovlangan. Baliq yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 7,3 ga oshgan.
2023-yilda Xorazm viloyatida 30,9 ming tonna baliq ovlangan. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, jami ovlangan baliqlarning 15,6 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida 2023-yilda ovlangan baliq hajmi:
- Xorazm viloyati — 30,9 ming tonna
- Toshkent viloyati — 27,1 ming tonna
- Andijon viloyati — 21,7 ming tonna
- Samarqand viloyati — 18 ming tonna
- Namangan viloyati — 15,4 ming tonna
- Jizzax viloyati — 15,1 ming tonna
- Navoiy viloyati — 13,7 ming tonna
- Farg‘ona viloyati — 13,3 ming tonna
- Qoraqalpog‘iston R. — 11,6 ming tonna
- Buxoro viloyati — 11 ming tonna
- Sirdaryo viloyati — 9,1 ming tonna
- Surxondaryo viloyati — 6,9 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati — 5 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter