Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pul almashishi haqidagi mish-mishlar haqiqatmi?

O‘zbekistonda pul almashishi haqidagi mish-mishlar haqiqatmi?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusi — 2019-yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mning denominatsiya qilinishi haqidagi xabarlar bo‘lib turibdi.

Tasdiqlanmagan ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi pul birligi 10.000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi.

Eski va yangi so‘m 2020-yil davomida parallel harakat qiladi. Plastik kartadagi pullar 2020-yil 1-yanvardan avtomatik ravishda to‘rtta nolini yo‘qotadi va hokazo taxminlar...

Bu mish-mishlar ostida qanchalik haqiqat yotibdi? Iqtisod, inflyasiya va valyuta siyosati bilan bog‘liq holat stabil bo‘lmagan hozirgi sharoitda denominatsiya qanchalik o‘zini oqlaydi?

Markaziy bankning shu va boshqa savollarga rasmiy izoh berishi talab etiladi. Hozircha faqat ichki valyuta bozoridagi hozirgi vaziyat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xabar qilinishicha, bugun soat 11:00 da Markaziy bankda valyuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi. Ushbu tadbirda tarqalayotgan mish-mishlar va yuzaga kerayotgan savollarga ham javob berilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring