Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda piyoz ehtiyojdan oshiq yetishtirilgan. Endi nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda piyoz ehtiyojdan oshiq yetishtirilgan. Endi nima bo‘ladi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida piyoz yetishtirgan denovlik dehqonlar to‘g‘risida maqolalar e’lon qilinib, u odamlar orasida ba’zi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Vazirlik tomonidan maqolada tasvirlangan dehqon Ibrohim Yoqubov bilan muloqot tashkil qilinib, uning muammolari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Unga ko‘ra, dehqon o‘zining 25 sotix tomorqasida yetishtirgan 30 tonna piyoz mahsuloti bozorga chiqarish uchun tayyor holatga kelgan. Ammo, xaridorlar – eksportyorlar va ulgurji sotuvchilar tomonidan piyoz narxi kilogramiga 500 so‘mga baholangan. Dehqon ko‘p miqdorda piyoz yetishtirish uchun 21 mln so‘m xarajat qilganligi, taklif etilayotgan summada hosilni sotgan taqdirda 6 mln zarar ko‘rishini, ushbu narx sarf-xarajat va mehnatini qoplamasligini ma’lum qilgan.

Piyoz mahsulotini yetishtirishdan maqsad o‘tgan yili Yevropa qit’asidagi qurg‘oqchilik yuzaga kelganligi sababli yurtimizda faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar Polsha, Ukraina, Germaniya kabi davlatlarga ushbu mahsulotni yuqori qiymatda sotishga muvaffaq bo‘lishgan.

Yuzaga kelgan holatlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi va Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligiga masalaning tezkor yechimi yuzasidan murojaat yuborildi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 14 may holatiga ko‘ra, respublikada 150 ming tonnadan ortiq eksportbop piyoz yetishtirilgan bo‘lib, u o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘pni tashkil etmoqda. Surxondaryo viloyatida 132 ming tonnadan ortiq piyoz mahsuloti sotuvga tayyor va ularning 20 ming tonnaga yaqini ichki bozor talabidan oshiqroq bo‘lgan. Bundan tashqari 15 ming tonnaga yaqin piyoz yaqin kunlarda pishib yetilishi kutilmoqda.

Bunday holatda mahsulotning tannarxi kilogramiga 1000 so‘m bo‘lishiga qaramasdan, yalpi terib olish narxi kilogramiga 1500 dan 500 so‘mgacha pasayishi mumkin. Uni saqlash xarajatlari tannarxidan yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ortiqcha hajmini zudlik bilan eksport qilish va buning uchun zaruriy choralar ko‘rilishini talab etadi.

Ushbu kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar inobatga olinib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan tayyor mahsulotlarning tijorat takliflarini tayyorlash;

- Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalar bilan xorijiy hamkorlarni izlash;
- Transport vazirligi bilan temir yo‘l orqali tashish uchun vagonlarni tayyorlash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring