O‘zbekistonda past sifatli benzin taqiqlanmoqda
2022-yil 1-yanvardan zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan mashinalardan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish taqiqlanadi.
Bu norma 30 oktyabrda imzolangan "2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident farmonida belgilangan.
Shuningdek:
- 2020-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish;
- 2022-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish ham man etiladi.
O‘zbekistonga olib kiriladigan yangi mashinalarning ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi tasdiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter