Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

O‘zbekistonda mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

«Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mdan oshmaydigan summada mikrokredit beriladi. Bu haqda Huquqiy axborot  kanali yozmoqda. 

(Ilgari BHMning 1000 baravari (223 mln so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Shuningdek, jismoniy shaxslarga 50 mln so‘mdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz berilishi belgilandi.

(Ilgari BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring