Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda inflyasiyaga qanday omillar ta’sir qilmoqda?

O‘zbekistonda inflyasiyaga qanday omillar ta’sir qilmoqda?

Foto: «Xabar.uz»

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonda inflyasiyaga ta’sir etuvchi omillar va ularning dinamikasini o‘rganib chiqdi.

Inflyasiya ko‘rsatkichini past darajada ushlab turish makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo‘lib, u o‘z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

2022 yilning may oyida yillik Iste’mol narxlari indeksi (INI) 11% ni tashkil etdi. Uning tarkibida,  oziq-ovqat mahsulotlari inflyasiyasi 6 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar inflyasiyasi, mos ravishda 3,6% va 1,4% ga to‘g‘ri keladi.

Hisob-kitoblar savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlardagi inflyasiya O‘zbekistondagi inflyasiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Chunki asosiy inflyasiyaning taxminan 38 foizi import inflyasiyasining o‘sishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflyasiyadagi ulushi 29% ni tashkil etadi. Nihoyat, narxga ta’sir etuvchi omillaridagi o‘zgarishlar O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksining 33% ga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.

2022 yilning 5 oyida O‘zbekistonda umumiy inflyasiya darajasi 11% ni tashkil etgan bo‘lsa, buning  4,18% ini import inflyasiyasi tashkil qilgan. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73% ga yetdi. Import inflyasiyasiga Rossiya va Xitoydagi inflyasiyaning ta’siri katta. O‘zbekistonning umumiy importi ushbu mamlakatlarning ulushi salmoqli, ya’ni 21% va 19%. Shu bois ularning inflyasiyaga ta’siri ham sezilarli, aniqrog‘i 0,90% va 0,81%. Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyaning import inflyasiyasiga  ta’siri esa umumiy import inflyasiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi.

Inflyasiyaga Rossiyaning  ta’siri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalari yo‘nalishida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoyning import inflyasiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlar narxiga ta’sir ko‘rsatdi. Qozog‘istonning import inflyasiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlari, Janubiy Koreya va Turkiyaning import inflyasiyasi esa asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu tadqiqotda uchta empirik modeldan foydalanildi: Mark-Up, monetar va dollar inflyasiya modeli, ya’ni dollarda import qilinadigan mahsulotlar narxining oshishi.

Tahlil 2016 yilning yanvaridan 2022 yilning may oyigacha bo‘lgan oylik ma’lumotlarga asoslanib o‘tkazildi. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasining ochiq statistik ma’lumotlaridan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring