O‘zbekistonda Belarus bilan hamkorlikda poyabzal chiqaruvchi korxona ochiladi

O‘zbekistonda 2019-yilda poyabzal ishlab chiqaruvchi o‘zbek-belarus qo‘shma korxonasi qurilishi haqida Belarusdagi «Marko» charm-poyabzal kompaniyasi direktori Nikolay Martinov «STV» telekanalidagi ko‘rsatuvda aytgan. Bu haqda «BELTA» xabar bermoqda.
Yangi poyabzal korxonasi qurilishi haqidagi kelishuv Belarus prezidentining yaqinda O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
«2019-yil oxirida korxona ishga tushiriladi, hozir ro‘yxatga olish, loyihalash va qurilmalarni tanlash bilan shug‘ullanyapmiz», — ta’kidlagan Martinov.
Yangi korxona Belarus texnologiyalari asosida ishlashi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter