O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi oshiriladi
Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra:
- Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hududida «Baliq ishlab chiqaruvchi» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktyabrdagi PF–4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, xususan yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq imtiyozlar «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etiladi.
«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZning asosiy vazifalari:
- ishlab chiqarish, sun’iy suv havzalarini baliqlantirishni yanada rivojlantirish va baliqchilik xo‘jaliklarini ta’minlash uchun baliqning yangi va sinalgan turlarini iqlimlashtirish orqali naslli baliq chavoqlarini yaratish;
- nasldor baliq lichinkalari yetishtiruvchi zamonaviy inkubatsion sex faoliyatini tashkil etish, baliq chavoqlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud baliq chavoqlarini yetishtiruvchi suv havzalarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirlash;
- birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) bo‘yicha zamonaviy komplekslarni tashkil etish;
- boshqa vazifalar.
2018-yil 1-noyabrga qadar yer va suv havzalaridan maqsadga nomuvofiq foydalanayotgan tabiiy va sun’iy suv havzalarini xatlovdan o‘tkaziladi hamda ularni tovar baliqlar va baliq chavoqlarini yetishtirishga jalb qilish choralari ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter