Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2026 yilda qora metallga bo‘lgan talab 6 million tonnaga yetishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2026 yilda qora metallga bo‘lgan talab 6 million tonnaga yetishi kutilmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida qora metallga bo‘lgan talab 4 million tonnani tashkil etib, shundan 50 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev metallurgiya sohasida o‘tkazilgan videoselektorda ta’kidlab o‘tdi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha qurilish sohasida yiliga 2,4 million tonna, muhandislik tarmoqlari uchun – 680 ming tonna, sanoatda – 970 ming tonna va shundan mashinasozlik va elektrotexnika sohalarida – 450 ming tonna metall ishlatiladi. Ammo yaqin kelajakda metallga bo‘lgan talab keskin oshishi kutilmoqda.

«Kelgusi besh yilda metallga ehtiyoj mashinasozlikda 1,4 barobarga, elektrotexnikada 2 barobarga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, hududlarda 7 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar quriladi. 2026 yilga borib, iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini qondirish uchun, 6 million tonnaga yaqin metall kerak bo‘ladi, degani.

Demak, biz metallurgiya sohasini yanada rivojlantirib, mavjud zaxiralardan samarali foydalanishimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Mirziyoyev yig‘ilish davomida metallurgiyani rivojlantirish, sohaga lozim bo‘lgan xom-ashyo zaxirasini ta’minlash borasida mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring