O‘zbekiston xalqaro tashkilotdan katta miqdorda qarz bo‘lib qoldi
07.06.2022 13:44
0
3630
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) uchun avvalgi yillarda a’zolik badallarini to‘lamagani ortidan 747 400 Shveysariya franki (taxminan 768 ming dollar) miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan.
Tashkilot bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tashkilotda O‘zbekistonning ovoz berish huquqini saqlab qolish, mamlakatning siyosiy imijini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarzni qoplash bo‘yicha 2022 yil 2 iyun kuni qaror chiqargan.
Qarorda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarzdorlikni 2024 yilga qadar bosqichma-bosqich qoplash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan. Qarzdorlik 2022-2024 yillar davomida davlat budjeti hisobidan bosqichma-bosqich to‘lab boriladi.