Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mebel importi sezilarli darajada pasaydi

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mebel importi sezilarli darajada pasaydi

Foto:«Lesprominform»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekiston 52 ta xorijiy davlatlardan qiymati 71,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 mln. AQSh dollariga ko‘p.

O‘zbekiston Italiyadan qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln. AQSh dollariga kam.

O‘zbekiston mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

-Janubiy Koreya – 33,1 mln.
- Xitoy – 11,4 mln.
- Turkiya – 9,6 mln.
- Rossiya – 4,9 mln.
- Ukraina – 2,1 mln.
-  Italiya – 1,9 mln. AQSh dollari

Mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 33,2 mln.
- Andijon viloyati – 32,1 mln.
- Toshkent viloyati – 2,5 mln.
- Samarqand viloyati – 1,7 mln. AQSh dollari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring