Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston to‘rt oyda meva-sabzavot eksportidan qariyb 300 mln. dollar foyda oldi

O‘zbekiston to‘rt oyda meva-sabzavot eksportidan qariyb 300 mln. dollar foyda oldi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 298,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozog‘iston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5 foizini tashkil etgan.

O‘zbekistonning 2024-yil yanvar-aprel oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi:

— Olxo‘ri (quritilgan) – 7,6 ming tonna

— Uzum – 5,6 ming tonna

— Uzum (quritilgan) – 12,6 ming tonna

— Pomidor – 11,6 ming tonna

— Karam – 148 ming tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring