O‘zbekiston to‘qqiz oyda 84,6 mln. dollarlik uzum eksport qildi
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, qiymati 84,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga ko‘p.
Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston uzumni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 39,1 ming tonna
- Qozog‘iston – 34,3 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 12,3 ming tonna
- Belorus – 317,1 tonna
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 24,3 ming tonna
- Farg‘ona viloyati – 22,2 ming tonna
- Namangan viloyati – 9,5 ming tonna
- Xorazm viloyati – 6,6 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter