O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 21,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 79,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 33,1 ming tonna
- Rossiya – 20,1 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 13 ming tonna
- Ukraina – 5,6 ming tonna
- Latviya – 2,9 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter