Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini bojxona bojisiz YeI hududiga eksport qilishi mumkin

O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini bojxona bojisiz YeI hududiga eksport qilishi mumkin

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ preferensiyalar dasturiga qabul qilindi.

GSP+ ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston standart GSP sxemasidan ko‘ra ko‘proq qo‘shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi. Ya’ni, Standart GSP liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo‘yicha tariflar bekor qilinadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz Yevropa Ittifoqiga 3000 turdagi mahsulot  bojxona tariflarisiz va 3200 turdagi mahsulot arzonlashtirilgan to‘lovlar asosida eksport qilayotgan bo‘lsa, 10 apreldan boshlab O‘zbekiston GSP+ ishtirokchisi sifatida 6200 turdagi mahsulotlarni bojxona bojisiz YeI hududiga eksport qilish mumkin.

GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg‘iziston ham benefitsiar hisoblanadi.

GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konvensiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston tomoni ikkita qonun - Jinoyat hamda Mehnat kodekslarini qayta ko‘rib chiqishi jarayoniga e’tibor qaratayotganini rasman ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring