O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi salkam yarim milliard dollarga kamaydi
Markaziy bank 2018-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 407,3 million AQSh dollari (2018-yil 1-sentyabr holatiga 26 870,8 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 463,5 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 12 454,4 million AQSh dollari, monetar oltin — 13 953,0 million AQSh dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 494,5 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018-yil 1-sentyabr holatiga 25 983,0 million AQSh dollari).
Qayd etish lozimki, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter